Opera 10 beta haqida
Blogroll Iyun 5, 2009Yangi chiqqan 10 -chi beta Operani to‘rtib, ishlatib ko‘rdim (saqlab olish uchun >>).
O‘zi Operani anchadan beri ishlatmagan edim, lekin anonsini o‘qib, qiziqib qoldim.
Bir-ikki soatcha ishlatib, yana FireFox -ga qaytdim.
Yangiliklar judayam ko‘pga oxshadi (>>).
Operani xotiradan kam joy olishi, tez ishlashi yoqdi. Turbo rejimi 10 -chi naqlida ichiga qurilgan ekan, xohlagan paytda uni yoqib past tezligli aloqani tezlashtirish mumkin ekan. Manzil kiritish satri ustida ochilgan sahifalarni kichik hajmda suratlari mavjud ekan.

Yana bir zo‘r qulayligi — Ctrl+Alt tugmalarini bosgan holda sichqoncha kursori bilan, huddi fotoshopdagi hand aslahasi bilan ishlaganday, sahifani siljitish mumkin ekan.
Surat muallifi drugoi.livejournal.com
Lekin bitta xato ro‘y berdi, ko‘p sahifa ochib, ularni vinchesterga saqlayman desam, birinchisini to‘liq saqlab, qolganlarini kichik bir yaroqsiz fayl qilib qo‘ydi.
Siz ham ishlatib ko‘rdingizmi?




Recent Comments